Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston Afg‘onistondan 2 mingga yaqin chet el fuqarolarini evakuasiya qilishda yordam berdi

O‘zbekiston Afg‘onistondan 2 mingga yaqin chet el fuqarolarini evakuasiya qilishda yordam berdi

O‘zbekiston qator xorijiy davlatlar ularning fuqarolarini Afg‘onistondan evakuasiya qilish borasida hamkorlik qilmoqda.
Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.
Ayni vaqtda Germaniya, Rossiya, AQSH, Shveysariya, Avstriya, Daniya, Polsha, Vengriya, Slovakiya, Qozog‘iston kabi davlatlar bilan aeroport infratuzilmasidan foydalanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, havo hududidan uchish uchun ruxsat olish, uchish va qo‘nish hamda zarur texnik va logistik yordam ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlikda sayi-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Xorijiy sheriklar bilan birgalikda xorijiy davlatlar fuqarolari bilan bir qatorda Afg‘oniston fuqarolarini AIRdan oldindan kelishilgan davlatlarga tartibli evakuasiya qilish bo‘yicha tartibli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
So‘nggi bir necha kun ichida O‘zbekiston hududidan 1982 nafar chet el fuqarolarining evakuasiyasi ta’minlangan.

O‘zbekiston hududida qisqa muddat bo‘lib turgan vaqtda evakuasiya qilinganlarga karantin choralariga qat’iy rioya qilingan holda barcha zarur yordam ko‘rsatilmoqda, shundan so‘ng ular hammasi kechiktirmagan holda belgilangan mamlakatlarga yuborilmoqda.
Bundan tashqari, "Tolibon" harakati vakillari bilan ushbu foijali kunlarda o‘zbek-afg‘on chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan afg‘on fuqarolariga xavfsizlik kafolatlarini olish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilgan.

Toliblar rahbariyati vakillari bilan ushbu toifadagi shaxslarga nisbatan zo‘ravonlik choralarini qo‘llamaslik, ularni ta’qib qilmaslik va ta’qiblarning oldini olish bo‘yicha erishilgan kelishuvlardan so‘ng 150 nafar Afg‘oniston fuqarosi o‘z xohishiga ko‘ra orqaga, vatanga qaytarilgan.
Afg‘onistonga qaytgan fuqarolarning o‘zidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ularga nisbatan o‘tkazilgan rasmiy prosessual tadbirlardan so‘ng, ularning barchasi uy-uylariga qo‘yib yuborilgan, va ayni vaqtla ular o‘z oilalari davrasida to‘liq xavfsizlikdadir.

Kiritildi: 21:10 20.08.2021. O'qildi: 2339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!