Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston 2020 yildan iste’molga yaroqsiz go‘shtlar savdosiga qarshi kurash boshlaydi

O‘zbekiston 2020 yildan iste’molga yaroqsiz go‘shtlar savdosiga qarshi kurash boshlaydi

Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, 2020 yildan sifati, veterinariya nuqtai-nazaridan kafolatlangan go‘shtlarni elektron ma’lumotlar bazasi joriy qilinadi.

Bu haqda bugun jurnalistlar bilan uchrashuvda O‘zbekiston  Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abror Akbarov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

"Mana shu elektron ma’lumotlar bazasiga kiritilmagan go‘shtni sotish ham, undan foydalanish ham ta’qiqlanadi", - dedi u.

Xususan, 2020 yildan boshlab bozor, super market va fast-fudlarga yetkazib beriladigan go‘shtlarning elektron bazasi bo‘lishi shart etib belgilanadi.

Akbarovning aniqlik kiritishicha, ushbu elektron bazalar dasturi faqatgina zamonaviy ixtisoslashgan so‘yish korxonalarida o‘rnatiladi va mana shunday maxsus korxonalarda so‘yilgan hayvon go‘shtlari ushbu bazaga kiritiladi.

Kiritildi: 19:04 19.07.2019. O'qildi: 1422 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!