Bugun 1 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Uzbekistan Airways to‘qqiz oyda qancha foyda ko‘rgani ma’lum bo‘ldi

Uzbekistan Airways to‘qqiz oyda qancha foyda ko‘rgani ma’lum bo‘ldi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi transport, aloqa, turizm va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalarida 2024 yil to‘qqiz oylik yakunlari bo‘yicha erishilgan natijalarini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, Uzbekistan Airways aksiyadorlik jamiyati joriy yil oxiriga qadar 37,3 ming dona reysni amalga oshirishi kutilmoqda — bu 2023 yilga nisbatan 15 foizga ko‘p (2024 yilning to‘qqiz oyida 32,9 ming dona reys amalga oshirilgan).

Aviakompaniya bu orqali 6 million nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Uzbekistan Airways’ning 2024 yil davomida jami daromadi 20 trillion 133,6 milliard so‘mni va jami xarajati 19 trillion 408 milliard so‘mni tashkil etadi. Bunda sof foyda 725,6 milliard so‘mga yetishi kutilmoqda. Ta’kidlanishicha, yanvar—sentyabr oylari bo‘yicha aviakompaniyaning sof foydasi 477,1 milliard so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, Uzbekistan Airports AJning 2024 yil davomida sof foydasi 511,3 milliard so‘mga yetishi kutilyapti (to‘qqiz oy yakunlari bo‘yicha sof foyda 426 milliard so‘mni tashkil etgan).

Kiritildi: Bugun 09:30. O'qildi: 438 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!