Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbek milliarderi Fattoh Shodiyev Moskvada migrantlar uchun bepul tibbiy yordam tashkillashtirdi

O‘zbek milliarderi Fattoh Shodiyev Moskvada migrantlar uchun bepul tibbiy yordam tashkillashtirdi

Fattoh Shodiyev xalqaro fondi va Rus pravoslav cherkovi moliyaviy ko‘magi yordamida Moskva shahrida migrantlar uchun bepul tibbiy yordam tashkil etildi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, tibbiy klinika migrantlarga yordam ko‘rsatuvchi markaz hisoblanmish "Ryadom dom" (Uy yoningda) va Avliyo Aleksiy markaziy klinik shifoxonasi hamkorligida tashkil etilgan.

Bu yerda muhtoj chet elliklar, migrantlar, qochoqlar va boshpanasi yo‘q shaxslarga yordam ko‘rsatiladi. Bemorlardan faqat pasport talab etiladi.

Klinika xodimining so‘zlariga ko‘ra, tibbiy yordamga muhtoj migrantlar migrantlar ish kunlari soat 08:30 16:30ga qadar 7(495) 952-11-41 telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

 

Kiritildi: 15:59 14.11.2019. O'qildi: 2490 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!