Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zbek futboli fidoyisi vafot etdi

O‘zbek futboli fidoyisi vafot etdi

O‘zbek sporti fidoyisi, mamlakatda futbolni rivojlantirish yo‘lida ko‘p yillar jonkuyarlik ko‘rsatgan futbol faxriysi Narimon Jalolov 89 yoshida vafot etgan.

Narimon Jalolov 1931 yil 23 sentyabrda tug‘ilgan. U bolaligidan futbol bilan jiddiy shug‘ullangan. Toshkentning “Spartak” jamoasi safida to‘p surib, qator yutuqlarni qo‘lga kiritgan edi.

Jalolov futbolchilik faoliyatidan so‘ng, 1968 yildan boshlab Toshkentning “Paxtakor” klubida avval turli lavozimlarda, so‘ng jamoa rahbari lavozimida mehnat qilgan.

Uning tashabbusi bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlarida futbol stadionlari qurilgan. Narimon Jalolov 1992 yilda O‘zbekiston futbol federasiyasi vise-prezidenti lavozimiga saylangan. U so‘nggi yillarda O‘FA qoshidagi Faxriylar kengashiga raisilik qilib kelayotgan edi.

Narimon Jalolov “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy” faxriy unvoni hamda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
 

Kiritildi: 17:06 20.09.2020. O'qildi: 6273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!