Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

UzAuto Motors ustidan yana bir so‘rov yuborildi

UzAuto Motors ustidan yana bir so‘rov yuborildi

UzAuto Motors ustidan yana bir so‘rov yuborildi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev xabar berdi.

"Vaziyatdan kelib chiqib, yengil avtomobillarga joriy etilgan amaldagi import boji va aksiz solig‘i stavkalarini pasaytirish va import asosida keltirilgan yengil avtomobillar uchun sertifikatlashtirish, klimatik sinovdan o‘tkazish tartibini soddalashtirish bo‘yicha Investisiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari L. Qudratovga deputatlar R. Kusherbayev, D. G‘aniyev, N. Jumayev tomonidan "parlament nazorati" tartibida deputatlik so‘rovi yuborildi. 

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi va boshqa ko‘p tomonlama iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. 

Bu o‘z o‘rnida avtomobil sanoatidagi mavjud muammo va kamchiliklarni kompleks qayta ko‘rib chiqib, Jahon savdo tashkiloti talablariga tayyorlash va muvofiqlashtirib borishni talab etadi", – deb yozadi u.

Kiritildi: 16:30 05.08.2020. O'qildi: 4065 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!