Bugun 17 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

“UzAuto Motors” 47 foizga ko‘p avtomobil ishlab chiqardi

“UzAuto Motors” 47 foizga ko‘p avtomobil ishlab chiqardi

Pandemiya, yarimo‘tkazgichlarning tanqisligi shuningdek, Ukrainadagi vaziyat jahon avtomobil bozoridagi inqirozni kuchaytirdi. Bu o‘z navbatida, butun avtomobil bozoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Barcha avtobrendlar uning oqibatlarini his qilmoqda.

Bugun “UzAuto Motors” avtomobil bozorini kerakli miqdordagi avtomobillar bilan to‘ldirish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda. Mart-aprel oylarida ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun qo‘shimcha 4 200 dona avtomobil ishlab chiqarish uchun havo yo‘llari orqali 656 tonna butlovchi qismlar olib kelindi. Bu esa, raqamlarda va natijalarda ham o‘z aksini topmoqda. Har kuni konveerlardan 1 000 dan ortiq avtomobil ishlab chiqarilib, zavod to‘liq quvvat bilan ishlamoqda. Darhaqiqat, kompaniya 2022 yilning besh oyida o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarini ortda qoldirdi.

Aniq ma’lumotlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, 2022 yilning yanvar-may oylari davomida, “UzAuto Motors” zavodida 126 246 ta avtomobil ishlab chiqarildi. Ushbu ko‘rsatkich 2021 yilga qaraganda 47%ga ko‘proq. Shunday qilib, o‘tgan yilga nisbatan ishlab chiqarish hajmining o‘sishi 40 452 dona avtomobilni tashkil etadi.

Ayni paytda, kompaniya imkon qadar ko‘proq avtomobil ishlab chiqarish va ularni qisqa vaqt ichida yetkazib berish uchun qo‘lidan kelgan barcha choralarni ko‘rmoqda. Xususan, logistika zanjirlarini optimallashtirish Koreya Respublikasidan butlovchi qismlarni yetkazib berish vaqtini 45 kundan 38 kungacha qisqartirish imkonini berdi, Xitoydan yuklarni temir yo‘ldan avtomobilga o‘tkazish esa, tranzitni 55 kundan 20 kunga qisqartirdi. Shuningdek, 30 dan ortiq yetishmayotgan butlovchi qismlarni yetkazib beruvchilar bilan kelishuvga erishildi. Olib borilgan chora-tadbirlar samarasi tufayli Lacetti va Damas avtomobillari uchun butlovchi qismlarni yetkazib berish hajmi 6 000 donadan 8 000 donagacha oshirildi. Natijada, Asaka zavodida Lacetti/Kobalt avtomobillarini ishlab chiqarish oyiga 19 200, Xorazm zavodida esa Damas/Labo avtomobillarini ishlab chiqarish 9 000 donaga yetkazildi.

Amerikaning Ford kompaniyasi esa, ishlab chiqarishni to‘xtatmagan holda, avtomobil foydalanilishida zarur bo‘ladigan maxsus uskunalarsiz ishlab chiqarishni davom ettirmoqda. Yo‘qotishlarni oldini olish uchun qilingan ushbu qaror, 7000 dona Ford F150 pikapining avtoturargohlarda yig‘ilib qolishiga sabab bo‘ldi.

Yuqoridagi misollardan ko‘rinadiki, har bir avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya yarimo‘tkazgichlar yetishmovchiligi muammosini vaziyatdan kelib chiqib hal qilishga urunmoqda. Ba’zi kompaniyalar ishlab chiqarishni to‘xtatishga qaror qilsa, ba’zilari avtomobilni ma’lum bir jihozlarsiz ishlab chiqarishga majbur bo‘lmoqda.

Kiritildi: 18:08 27.06.2022. O'qildi: 2213 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!