Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Uylanish uchun katta xotinidan ruxsat olgan erkak: Yer yuzidagi eng ko‘p xotinli va bolali ota (foto)

Uylanish uchun katta xotinidan ruxsat olgan erkak: Yer yuzidagi eng ko‘p xotinli va bolali ota (foto)

Ko‘pchilik Yevropa mamlakatlari aholisi uchta bola tarbiyalanayotgan oilani katta oila deb bilishadi. 3 farzandli oila katta oila deyilsa, 94 farzandli oilani qanday atash mumkin?

Xon oilasi, Hindiston

Ular, shubhasiz, eng farzandli oila. Hindistonlik Sion Xonning 94 ta farzandi bo‘lib, ularni 39 ta xotini dunyoga keltirgan.

Birinchi marta Sion 17 yoshida uylangan. Keyinchalik, har bir yangi oila qurishga ruxsat uning katta xotini tomonidan berilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, butun oila 100 xonadan iborat bitta uyda yashaydi. Har kuni oila a’zolari 40 kilogrammgacha guruch va 27 kilogrammgacha kartoshka iste’mol qiladilar. Sion Xon ko‘plab o‘g‘illari va nevaralari ishlaydigan sabzavot va mevalarni etishtiradigan fermasini boshqaradi.

Kiritildi: 21:31 09.12.2019. O'qildi: 9803 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!