Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Uyg‘urlar masalasi: G‘arb davlatlari Xitoyni qoraladi, musulmon davlatlar qo‘llab-quvvatladi

Uyg‘urlar masalasi: G‘arb davlatlari Xitoyni qoraladi, musulmon davlatlar qo‘llab-quvvatladi

Qirqqa yaqin davlat Xitoyning Sharqiy Turkistondagi siyosatini qo‘llab-quvvatlab BMTga murojaat yo‘lladi, deya xabar bermoqda “Evronyus”.

Murojaatda ta’kidlanishicha, “terrorizm va radikalizm bilan yuzlashgan Xitoy Sharqiy Turkistonda kasbiy ta’lim markazlari ochish va boshqa choralar orqali kurash olib bormoqda”.

Murojaatga jami 37 mamlakat qo‘shilgan bo‘lib, ular orasida Rossiya, Saudiya Arabistoni, bir qator Afrika mamlakatlari, Shimoliy Koreya, Venesuela, Kuba, Belarus, Myanma, Filippin, Suriya, Pokiston, O‘mon, Kuvayt, Qatar va BAA bor.

Aytish mumkinki, ushbu xat hafta boshida bir qator G‘arb davlatlari BMTning Inson huquqlari kengashiga yo‘llagan murojaatiga javob bo‘ldi. Unda Xitoy Sharqiy Turkistondagi uyg‘urlarni ommaviy ravishda hibsga olishni to‘xtatishga, shuningdek, inson huquqlari va din erkinligini hurmat qilishga chaqirilgan.

Murojaatga jami 22 mamlakat, xususan, Avstraliya, Kanada, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Shveysariya diplomatlari imzo chekkan. Bu murojaatga qo‘shilganlar orasida birorta ham musulmon davlat yo‘q.

Kiritildi: 15:50 13.07.2019. O'qildi: 3454 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!