Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

O‘h-ho‘! Koronavirus bilan bog‘liq yolg‘on axborotlar qurbonlari soni ma’lum bo‘ldi

O‘h-ho‘! Koronavirus bilan bog‘liq yolg‘on axborotlar qurbonlari soni ma’lum bo‘ldi

Koronavirus haqidagi soxta ma’lumotlar dunyo bo‘ylab kamida 800 kishining hayotiga zomin bo‘ldi.

Bu haqda “American Journal of Tropical Medicine and Hygiene” jurnali xabar berdi.

Tadqiqot Avstraliya, Bangladesh, Tailand va yaponiyalik o‘nta olim tomonidan o‘tkazildi.

Olimlarning aniqlashicha, qurbonlarning aksariyati koronavirus qarshi "davolash" sifatida ishlatgan metanol yoki alkogol asosidagi dezinfeksiyali moddalar bilan zaharlanish natijasida hayotdan ko‘z yumgan.

Xususan, olimlar dunyoning 87 mamlakatidan kelgan 2276 ta xabarni tahlil qilishgan. Ma’lum bo‘lishicha, ularning aksariyatida koronavirus kasalligining tabiati, uning yuqish yo‘llari, profilaktika choralari va davolash usullari haqida soxta ma’lumotlar mavjud.

Bunday xabarlar natijasida turli mamlakatlarda 800 ga yaqin odam vafot etgan, 60 kishi ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan va deyarli olti ming kishi tibbiy yordamga muhtoj.

Kiritildi: 21:24 13.08.2020. O'qildi: 9803 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!