Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Ushakov Uitkoff bilan bo‘lgan suhbati WhatsApp orqali olib borilgani uchun tinglangan bo‘lishi mumkinligini aytdi

 Ushakov Uitkoff bilan bo‘lgan suhbati WhatsApp orqali olib borilgani uchun tinglangan bo‘lishi mumkinligini aytdi

Rossiya prezidentining yordamchisi bu haqda “Kommersant” gazetasiga ma’lum qildi. U, shuningdek, AQSh prezidentining maxsus vakili bilan suhbati tafsilotlarini Bloomberg'ga muloqot ishtirokchilaridan biri sizdirgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi versiyani rad etgan.

"Bu juda noodatiy holat!. Ha, maxsus yopiq kanal orqali aloqalar bo‘ladi, bunday hollarda deyarli hech qanday sizib chiqish bo‘lmaydi, agar tomonlardan biri ataylab bunga yo‘l qo‘ymasa. Ammo WhatsApp orqali bo‘ladigan ayrim suhbatlar bor, ularni kimdir qandaydir yo‘l bilan eshitishi mumkin shekilli", — dedi Rossiya prezidentining yordamchisi.

Ushakov nima uchun muzokaralarni AQSh messenjeri orqali olib borayotgani haqida izoh bermadi. WhatsApp orqali qo‘ng‘iroqlar Rossiyada avgust o‘rtalaridan beri bloklangan, bu messenjer orqali qo‘ng‘iroqlarni faqat VPN yoqilgan holda amalga oshirish mumkin.

Kiritildi: 19:16 26.11.2025. O'qildi: 1015 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!