Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Urgut tumani IIV xodimlari avval bosqinchilik qildi, endi tuhmat qilyaptimi?

Urgut tumani IIV xodimlari avval bosqinchilik qildi, endi tuhmat qilyaptimi?

"Facebook" ijtimoiy tarmog‘ida "URGUT TUMAN IIV XODIMLARI AVVAL BOSQINCHILIK QILDI, ENDI ESA TUHMAT QILYAPTI. MUTASADDI TASHKILOTLAR KO‘RIB CHIQISHI LOZIM" nomli post e’lon qilindi. Holat aslida qanday bo‘lgan? Samarqand viloyati IIB axborot xizmati vaziyatga aniqlik kiritdi. 

"2020 yilning 25 iyul kuni soat taxminan 09:00 lar atrofida Urgut tuman Quyiqishloq MFY hududida oq rangli VAZ-2107 rusumli avtomashina katta tezlikda harakatlanib kelib, ushbu joyda xizmat olib borayotgan Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB 4-son IIB xodimlarini ko‘rib, shubhali tarzda shu atrofdagi uylardan biriga ya’ni fuqaro F.M.ni xonadoniga kirib, avtomashina ichida bo‘lgan shaxslar tushib, xonadonga yashirinishga urinishgan. Holat IIO xodimlarida shubha uyg‘otib, ushbu shaxslar to‘xtatilib, ularni shaxsini aniqlash maqsadida hujjatlarini taqdim etishlari yoki IIO xodimlari bilan birga IIB binosiga borishlari taklif qilinganda ushbu xonadon egalari, ya’ni F.M. va uning o‘g‘li F.SH.lar IIO xodimlariga sababsiz qarshilik ko‘rsatib, ularning qonuniy faoliyatlariga qarshilik qilganlar. 
Ushbu xonadonda yashovchi 1965 yilda tug‘ilgan fuqaro F.M.ning qon bosimi oshib ketishi natijasida yerga yotib qolgan. Zudlik bilan IIO xodimlari tomonidan tez tibbiy yordam xizmati chaqirtirilib, fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 
1996 yilda tug‘ilgan fuqaro R.U., F.M., SH.F.larga nisbatan karantin qoidalarini buzganliklari hamda IIO xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaganliklari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi 2-qismi, 194-moddasi va 195-moddalari bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Ma’muriy ishlar bo‘yicha Urgut tuman sudiga yuborilgan. 
IIO xodimlarining xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, F.M. hamda uning o‘g‘li 1988 yilda tug‘ilgan F.E.lar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga murojaat qilishgan. Ushbu murojaat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda"  deyiladi xabarda.

Kiritildi: 16:30 15.08.2020. O'qildi: 4227 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!