«Navoiyuran» DK tasarrufidagi «Uran va noyob metallar geologiyasi» IICHMga qarashli «Nurota» geologiya-qidiruv ekspedisiyasi o‘zining geologiya-qidiruv ishlari orqali Nurota tog‘ tizmasi hamda Forish, Konimex, Uchquduq, Nurota, Tomdi tumanlari hududlaridagi uranga istiqbolli hududlarda o‘rganishlar olib bormoqda.
Hozirda ushbu maydonlarda geologiya-qidiruv ishlari uchun burg‘ilash ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yilda «Nurota» GQE tomonidan Forish tumani hududida joylashgan «Arnasoy», Konimex tumani hududida joylashgan «Markaziy Chordara», «Madaniyat», «Ko‘xnur», «Janubiy Konimex», «Janubiy Bukinay», Nurota tumani hududida joylashgan «Qizilcha», Tomdi tumani hududida joylashgan «Shimoliy Auminza» dala maydonlarida burg‘ilash ishlari olib borilmoqda.
Bu orqali «Nurota» GQEda uranga istiqbolli hududlarni o‘rganish rejalashtirilgan. Joriy yilning noyabr oyi holatiga ekspedisiyada 24 ta burg‘ilash qurilmalari mavjud.Ushbu burg‘ilash qurilmalari bilan 2023 yil davomida 440 000 pogona metr burg‘ilash ishlari amalga oshirilgan bo‘lsa, 2024 yil yakuniga qadar burg‘ilash ishlarini 541 000 pogona metrga bajarish rejalashtirilgan.
Bugungi kunda ekspedisiyada 700 nafar muhandis-texnik va ishchi-xodimlar ushbu rejani o‘z muddatida va sifatli bajarish uchun sidqidildan mehnat qilishmoqda.