Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘qituvchilarini ishdan bo‘shatish bo‘yicha rasmiy ko‘rsatma berilmagan – vazirlik

O‘qituvchilarini ishdan bo‘shatish bo‘yicha rasmiy ko‘rsatma berilmagan – vazirlik

Bir muddat oldin Kasaba uyushmasi Respublika kengashi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga joriy o‘quv yilidan boshlab V2 sertifikatiga ega bo‘lmagan xorijiy tillar o‘qituvchilarini ishdan bo‘shatmasligini so‘rab, taqdimnoma kiritgan edi.

Mazkur taqdimnomaga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan berilgan javob xatida hududiy boshqarmalar va tizim tashkilotlariga joriy o‘quv yilidan boshlab V2 sertifikatiga ega bo‘lmagan xorijiy tillar o‘qituvchilarini ishdan bo‘shatish bo‘yicha rasmiy ko‘rsatma berilmaganligi ko‘rsatildi.

«Mehnat kodeksi 10-moddasiga ko‘ra, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Kodeksdan hamda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Mazkur kodeksning 19-moddasida, xodim va ish beruvchi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarning sub’ektlari ekanligi belgilangan. Shunga muvofiq, Mehnat kodeksida, boshqa qonunlarda nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish hamda bekor qilish bevosita yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarning sub’ektlari o‘rtasida hal etilishi lozim», – deyiladi vazirlikning javob xatida.

Shu bilan birga, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining taklifiga ko‘ra, joriy yilning avgust oyida Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan xorijiy til o‘qituvchilari uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha qo‘shimcha test sinovlari tashkil etish choralari ko‘rilayotgani ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 maydagi «Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 312-son qarorining 9-bandiga muvofiq, 2025/2026 o‘quv yiliga qadar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangan.

Kiritildi: 18:45 14.08.2025. O'qildi: 866 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!