Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

“Universiada – 2019”: TDPU jamoasi dzyu do bo‘yicha poytaxtda tengsiz deb topildi

A A A
“Universiada – 2019”: TDPU jamoasi dzyu do bo‘yicha poytaxtda tengsiz deb topildi

Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab “Universiada-2019” sport musobaqalarining saralash bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda. Dzyu do sport turi bo‘yicha joriy yilning 6 noyabr kuni poytaxtimizdagi “Sog‘bon” sport zalida bo‘lib o‘tgan “Universiada – 2019” sport musobaqalari shahar bosqichida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalari yetakchilikni qo‘ldan bermadi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqada jami 14 ta OTMdan terma jamoalar vaznlar bo‘yicha 2 ta guruhga bo‘lingan holda o‘zaro bellashdi. Aytish lozimki, mazkur musobaqada Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalariga teng keladigan sportchilar topilmadi. 

Erkaklar o‘rtasida turli vazn toifalarida 4ta oltin, 1ta kumush va 2ta bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsak, talaba qizlarimiz turli vazn toifalarida 4ta oltin medalni jamoamizga taqdim etishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, dzyu-do bo‘yicha umumjamoa hisobida Toshkent davlat pedagogika universiteti jamoasi faxrli birinchi o‘ringa munosib deb topildi. G‘oliblar "Universiada-2019" sport musobaqalarining respublika bosqisida ishtirok etishadi.

Kiritildi: 13:51 13.11.2019. O'qildi: 1258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!