Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

UNESCO bilan 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan mamlakat harakatlar dasturi imzolandi

A A A
UNESCO bilan 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan mamlakat harakatlar dasturi imzolandi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (ingl. UNESCO - United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization) O‘zbekiston Hukumati bilan tinchlik va barqaror rivojlanish g‘oyalarini ilgari surish yo‘lida hamkorlik qiladi.

15 noyabr kuni Toshkent shahridagi Kongresslar markazida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, UNESCO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi raisi Aziz Abduhakimov va UNESCO Bosh direktori Odri Azule 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan mamlakat harakatlar dasturini imzolashdi.

Hujjatga ko‘ra, UNESCO O‘zbekiston Hukumatining madaniy meros sohasidagi islohotlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bunda barqaror rivojlanishning harakatlantiruvchi omili sifatida moddiy va nomoddiy madaniy merosga doir siyosat va strategik asoslar mustahkamlanishi, manfaatdor tomonlar va institutlar o‘rtasidagi aloqalarni soddalashtirish va Jahon merosi tamoyillari va normalari haqida xabardorlikni oshirish ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, Hujjat butunjahon madaniy meros ob’ektlarini saqlash, boshqarish, monitoring qilish va hisobot berish, restavrasiya va konservasiyaga doir ko‘nikmalarni oshirishni o‘z ichiga oladi.

Bundan tashqari, Harakatlar dasturi UNESCO va O‘zbekiston hukumati o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga ham qaratilgan. Hujjat ta’lim sohasini o‘zgartirish bo‘yicha Milliy majburiyatni amalga oshirishga qaratilgan. Bunda inklyuziv, adolatli, xavfsiz va sog‘lom ta’lim, ta’lim sifati va dolzarbligi, hayot, mehnat va barqaror rivojlanish uchun o‘qitish va ko‘nikmalar, yuqori malakali pedagoglar avlodini shakllantirish, raqamli transformasiya, ta’limni moliyalashtirish kabi majburiyatlar nazarda tutiladi.

UNESCO ta’lim tizimini o‘zgartirishda tizimni isloh qilish, ilg‘or tajriba, o‘zaro tajriba almashish va texnik yordam ko‘rsatish orqali ta’lim vazirliklarining salohiyatini oshirish, hamkorlik platformasini taqdim etish va unda turli toifadagi xalqaro va milliy sub’ektlarni birlashtirish kabilarga e’tibor qaratishi qayd etilgan.

Dasturga muvofiq, “ Ta’lim 2030”ga erishishning asosiy ustuvor yo‘nalishlariga e’tibor qaratish, jumladan, ta’lim sohasi siyosati bo‘yicha maslahatlar, yaxshi tayyorlangan va motivasiyalangan o‘qituvchilarni tayyorlash bo‘yicha siyosat va dasturlarni takomillashtirish, kompetensiyaga asoslangan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, sifatni ta’minlash, o‘qitishda gender tamoyillarini hisobga olish, natijalar, xususan, AKTdan foydalanish va umrbod ta’limni rag‘batlantirish orqali ta’lim tizimi takomillashtiriladi.

2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar dasturini imzolashdan maqsad O‘zbekistonda tinchlik va barqaror taraqqiyot g‘oyalarini ilgari surishda hamkorlik qilish, UNESCOning 2022–2029 yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli strategiyasi va barqaror rivojlanish kun tartibi asosida O‘zbekistonni yanada rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shishdan iborat.

Kiritildi: 22:10 15.11.2022. O'qildi: 3532 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!