Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘n yil va undan ortiq xizmat qilgan harbiy xizmatchilarga egallab turgan turar joylarini bepul xususiylashtirib olish huquqi berildi

O‘n yil va undan ortiq xizmat qilgan harbiy xizmatchilarga egallab turgan turar joylarini bepul xususiylashtirib olish huquqi berildi

12 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi PQ – 4447-sonli qarori qabul qilindi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti xabar berdi.

Haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotgan (rezervga, iste’foga bo‘shatilgan) shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar harbiy xizmatining umumiy davomiyligi 10 va undan ortiq kalendar yilga yetganda (eski tahrirda 20 yil etib belgilangan) O‘zbekiston uy-joy qonunchiligida ko‘zda tutilgan me’yor va tartiblarga muvofiq o‘zlari egallab turgan turar joyini bepul xususiylashtirib olish huquqiga egaliklari belgilab qo‘yildi.

Shuningdek, vazirlik tomonidan uy-joy bilan ta’minlanmagan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga ularning arizasiga binoan taqdim qilinayotgan uy-joyni umumiy qiymatining 25 foizdan 50 foizgacha miqdordagi dastlabki badal pulini davlat byudjeti mablag‘lari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan to‘lash yo‘li bilan uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditini berish tizimi bo‘yicha turarjoylar berilishi mumkinligi to‘g‘risidagi yangi norma kiritildi.

Qolaversa, katta ofiser va generallar tarkibi bilan bir qatorda rezervga (iste’foga) bo‘shatilganidan (chiqarilganidan) so‘ng harbiy-tibbiy muassasalardagi bepul tibbiy ta’minotdan foydalanish huquqi xizmat yillarining umumiy davomiyligi 20 yil va undan ortiq bo‘lgan kichik ofiserlar, serjant va oddiy askarlar tarkibiga nisbatan ham tatbiq etiladigan bo‘ldi.

Kiritildi: 19:55 19.09.2019. O'qildi: 3023 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!