Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

"Umrbod qamash kerak": 9 va 14 yoshli qizlarni zo‘rlab, o‘ldirgan qotil qo‘lga olindi

"Umrbod qamash kerak": 9 va 14 yoshli qizlarni zo‘rlab, o‘ldirgan qotil qo‘lga olindi

Pedofillarni umrbod qamoq jazosiga hukm qilish kerak. Bu haqda Rossiya Prezidenti huzuridagi bolalar huquqlari bo‘yicha komissar Anna Kuznesova aytib o‘tdi.

Bir necha kun oldin, "Rambler"ning yozishicha, Ribinsk shahrida yashovchi Vitaliy Molchanov sherigining to‘qqiz va 14 yoshli qizlarini zo‘rlagan hamda o‘ldirgan. U jinoyat sodir etilgan joydan qochib ketgan, ammo bugun hibsga olingan.

Kuznesova bunga izoh berib, bolalarning jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etgan shaxslarni umrbod qamoq jazosiga hukm qilish kabi qattiqroq jazolashga chaqirdi. Shuningdek, u pedofillar reestrini tuzish va ular ustidan umrbod ma’muriy nazoratni joriy etishni talab qildi.

"Bu nomusi toptalgan va qurbon bo‘lgan bolalarga yordam bermas, ammo boshqalarni saqlab qolishi mumkin!" – dedi Kuznesova.

Hozirgi vaqtda Rossiyada voyaga yetmaganlarga qarshi qilingan jinsiy zo‘ravonlik yoki undan foydalanish tahdidi bilan qilingan harakatlar 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Kiritildi: 17:47 18.09.2020. O'qildi: 9405 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!