Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Ular u yerdan aslo chiqa olmaslar

Ular u yerdan aslo chiqa olmaslar

Munofiqlar imon keltirdikdeb o‘zlarini mo‘minlar safiga qo‘shishi imonni inkor qilishdagi eng yuqori nuqtadirChunki ular imon masalasini inkor etibmazax qilmoqchi bo‘ladi.

Vaholankiimonning o‘z shartlari borTil bilan aytilgan har bir narsa imon bo‘lavermagani singariyurakdan ishonilmagan narsa ham imon bo‘la olmaydiMunofiqlar bu makr va nayranglari bilan musulmonlar pinjiga kirib olibo‘zlarining jonqon va mollarini saqlab qolmoqchi bo‘ladiAlloh taolo aytadi:

«Do‘zaxdan chiqishni istaydilar. Holbuki, ular undan chiquvchi emas. Ularga muqim (abadiy) azob (belgilangandir)» (Moida, 37).

Oyatda munofiqlar mol va jonlarini saqlash u yoqda tursinbalki o‘zlarini halokatga tashlaganlari bilinadi.

Oyatda kelgan “yuxodi’una” so‘zi “yashirish”, “berkitish”, “ko‘z­dan uzoq tutish”, degan ma’nolarni anglatadi (“Sirojul Munir” tafsiri, 1-jild, 19-bet).

Alloh taolo Baqara surasini o‘ziga imon keltirgan va har bir amalini ixlos bilan qiladigantillari bilan dillari bir bo‘lgan sadoqatli bandalarining sifatlari bilan boshlagankeyingi oyatlarda esa kofirlar va munofiqlarning makrlarini zikr qilgan.

Mujohid (roziyallohu anhuaytadi: «Suraning ilk to‘rt oyatida mo‘minlarning sifatlarikeyingi ikki oyatda kofirlar va undan keyingi o‘n uch oyatda munofiqlar sifatlari zikr qilinganMunofiqlarning razilliklarinodonlik va masxara qilibhaddan oshishlari ularning ko‘rkar va soqov bo‘lib qolganlari bilan tasvirlanadiMunofiqlar qissasi kofirlar qissasi bilan uzviy jihatdan birbiriga bog‘liqAlloh taolo munofiqlarning zikri bilan boshlangan oyatni “odamlar orasida shundaylari ham bor…” deb boshlamoqdaShuning o‘zi ham ularning hech kim ekanini ko‘rsatadi» (“Tafsirun Nasafiy”, 1-jild, 18-bet).

Manba: hidoyat.uz

Kiritildi: 08:00 18.11.2019. O'qildi: 2692 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!