Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ukraina va AQSh vakillari foydali qazilmalar bo‘yicha bitim tuzish niyatida ekanliklarini tasdiqlovchi memorandumni imzoladi

Ukraina va AQSh vakillari foydali qazilmalar bo‘yicha bitim tuzish niyatida ekanliklarini tasdiqlovchi memorandumni imzoladi

Bu haqda Ukraina iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko ma’lum qildi.

"Ukrainani tiklash bo‘yicha investisiyalar jamg‘armasini tuzishga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Ushbu kelishuv muhim investisiyalar, infratuzilmani modernizasiya qilish va Kiyev hamda Vashington o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun imkoniyatlar yaratadi. Ikki davlat rasmiylari aynan shu maqsadga qaratilgan hujjat ustida ishlamoqda", — deya aniqlik kiritdi vazir.

Sviridenkoga ko‘ra, endi tomonlar bitim matnini "yakuniy holatga keltirishlari" va uni imzolashlari kerak. Bitim har ikki mamlakat parlamentlari tomonidan ratifikasiya qilingach kuchga kiradi.

Avvalroq Ukraina prezidenti Zelenskiy tomonlar memorandumni 17 aprel kuni onlayn tarzda imzolashini e’lon qilgandi. AQSh prezidenti Donald Tramp esa mamlakatlar 24 aprel kuni foydali qazilmalar bo‘yicha bitim tuzishini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 12:49 18.04.2025. O'qildi: 735 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!