Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ukraina Rossiya hududiga uzoq masofali fransuz raketalari bilan zarba berish huquqiga ega — Fransiya Tashqi ishlar vaziri

Ukraina Rossiya hududiga uzoq masofali fransuz raketalari bilan zarba berish huquqiga ega — Fransiya Tashqi ishlar vaziri

Jan-Noel Barro bu haqda BBC'ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Fransiya TIV rahbari Ukraina "o‘zini himoya qilish" maqsadida zarba berishi mumkinligini ta’kidladi, ammo Rossiya hududida fransuz qurollaridan foydalanish holatlarini tasdiqlamadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb ittifoqchilari Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda cheklovlar o‘rnatmasliklari va “qizil chiziqlar” belgilamasliklari kerak.

Barro fransuz qo‘shinlarining Ukrainadagi janglarda ishtirok etishi mumkinligi haqidagi savolga "Biz hech qanday variantni istisno qilmaymiz", deya javob qaytardi.

Kiritildi: 22:25 23.11.2024. O'qildi: 444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!