"Biz hozirda taxminan 800 kvadrat kilometr hududni nazorat qilyapmiz, agar bu harbiy nuqtai nazardan o‘zini oqlaydigan bo‘lsa, biz bu hududni nazoratimiz ostida ushlab turamiz", — deya aniqlik kiritdi agentlikning Ukraina Bosh shtabidagi manbasi.
Shuningdek, u Kursk viloyatiga 11 mingga yaqin KXDR harbiylari kelganini tasdiqladi. Biroq manbaning aytishicha, Shimoliy Koreya askarlarining asosiy qismi hamon jangovar tayyorgarlikdan o‘tmoqda.
Jurnalistlarga ko‘ra, Ukraina qo‘shinlari Kursk viloyatiga bostirib kirganidan so‘ng Rossiya armiyasi hudud yaqinida 59 mingga yaqin askarni jamlagan. Shimoliy Koreya askarlari ham shu hisobga kiradi.