Bu haqda Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal o‘zining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
"Biz ushbu yordamni moliyalashtirib, mamlakatimiz va xalqimizga hayotiy yordam ko‘rsatayotgan Qo‘shma Shtatlar va rivojlanish bo‘yicha hamkorlardan juda minnatdormiz", — deya qo‘shimcha qildi Shmigal.
DPA agentligining qayd etishicha, Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan beri Ukraina faqat budjet xarajatlari uchun hamkorlaridan 100 milliard dollardan ortiq mablag‘ olgan. Ushbu mablag‘larning salmoqli qismi kreditlar ko‘rinishida berilgan.