Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak ma’lum qildi.
Xabar qilinishicha, Londonga Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak, mudofaa vaziri Rustem Umerov va tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga tashrif buyurgan.
"Qanday bo‘lmasin, tinchlikka erishish yo‘lida ishlaymiz. Parijda kelishilganidek, bugun Britaniya poytaxtida bo‘lgan amerikalik va yevropalik hamkorlarimiz bilan uchrashamiz. Tinchlik sari yo‘l oson emas, ammo Ukraina har doimgiday tinchlik sa’y-harakatlariga sodiq. Bugun biz to‘liq va sharsiz o‘t ochishni to‘xtatish yo‘llari haqida gaplashamiz. Bu to‘liq murosaga erishish va adolatli hamda barqaror tinchlikka yo‘l ochuvchi birinchi qadam", — deb yozdi Yermak Telegram-kanalida.