Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Ukraina aholisi rekord darajada qisqarib bormoqda

Ukraina aholisi rekord darajada qisqarib bormoqda

Ukraina hukumati mamlakata aholisi sonini 3 xil turlicha usullarda hisoblab chiqdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatda 37,3 million kishi istiqomat qiladi va bu raqam 20 yil oldingi raqamdan 11 millionga kam.

Hukumat aholi sonini 3 xil usulda hisoblab chiqqan: mobil operatorlar ma’lumotlari asosida, Davlat Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida, aholining yoshi va jinsi tarkibi bo‘yicha ekstrapolyasiya qilingan pensiya jamg‘armasi, jismoniy shaxslarning davlat reestri ma’lumotlari asosida.

Ushbu raqamlar ham aholining to‘liq sonini ko‘rsatib bera olmaydi, biroq ular haqiqatga juda yaqin.

Oxirgi marta Ukraina aholisi soni 2001 yilda hisoblab chiqilgan edi. O‘shanda aholi soni 48,45 mln kishini tashkil etgan.

Hisob-kitoblar chog‘ida Donesk (2,3 mln kishi), Lugansk (1,4 mln kishi) hamda Qrim (qariyb 2 mln)ning aholisi inobatga olinmagan. Ularsiz ham Ukraina aholisi 20 yil ichida 11 mln kishiga kamayib ketgan.

Sovet davridagi hisob-kitoblarda, aniqrog‘i 1989 yilda Ukrainada 52 million kishi ro‘yxatga olingan.

Mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiyning ta’biri bilan aytganda, Sharqiy Yevropaning yetakchiligiga da’vo qilayotgan Ukraina aholisi soni, yangi hisoblar bo‘yicha, Polshaniki bilan deyarli teng bo‘lib qoldi. Polsha YAIM Ukrainanikidan qariyb 3 barobar ko‘proq.

Kiritildi: 21:15 23.01.2020. O'qildi: 12389 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!