Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

O‘h-ho‘! O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 10 000 nafardan oshdi

O‘h-ho‘! O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 10 000 nafardan oshdi

2020 yil 5 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10020 (+84) nafarni tashkil etmoqda.
 
🔴Yangi kasallanish holatlarining 16 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 27 nafari Toshkent shahrida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 22 nafari aholi orasida), 22 nafari Toshkent viloyatida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 16 nafari aholi orasida) 19 nafari Samarqand viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 16 nafari aholi orasida) aniqlangan.
 
❗️Bugun poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 21 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasida 66 nafar, 1-son shahar klinik shifoxonasida 26 nafar va Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 46 nafar bemor tuzalib, yurtimizda jami 6584 (+159) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sog‘aygan.
 
‼️Hozirda mamlakatimizda 3402 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi  
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 23:53 05.07.2020. O'qildi: 4773 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!