Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

O‘h-ho‘! Koronavirusning uchinchi to‘lqini boshlandi

O‘h-ho‘! Koronavirusning uchinchi to‘lqini boshlandi

Eronning Tehron viloyatida koronavirus tarqalishining uchinchi to‘lqini boshlandi. Bu haqda viloyatning koronavirusga qarshi kurashish shtabi boshlig‘i Alirizo Zoliy ma’lum qildi, deb yozmoqda "Kun" nashri.

“Oxirgi kunlar statistikasi Tehronda uchinchi to‘lqin boshlanganini ko‘rsatmoqda”, deb ta’kidlab o‘tgan Zoliy. Uning aytishicha, “ikkinchi va uchinchi to‘lqin orasidagi davr kichik bo‘lgan”. Eronda ikkinchi to‘lqinning boshlangani 15 iyulda e’lon qilingan edi.

Zoliyning ta’kidlashicha, koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq statistik ma’lumotlarning o‘sishi kuzatilmoqda, bu esa infeksiya tarqalishining uchinchi to‘lqiniga to‘g‘ri kelmoqda. “Biz shtab nomidan sog‘liqni saqlash vaziriga virus tarqalishiga qarshi cheklovlar qaytarilishini so‘rab maktub yo‘lladik. Bu ayniqsa masofadan ishlashning qaytarilishiga taalluqli”, deb qo‘shimcha qilgan Zoliy.

Oxirgi kunlarda Eronda koronavirusga chalinish holatlari ko‘payishi kuzatilmoqda. Yoz oxirida ko‘rsatkichlarning pasayishi kuzatilgan edi. 31 avgustda esa kasallanish holatlari kunlik o‘sishi minimum qiymatgacha (1642 ta kasallanish holati) tushgan. Biroq shundan keyin kasallanganlar soni yana o‘sa boshlagan va oxirgi 3 kun ichida 2 marta 3 mingdan oshdi.

Ayni vaqtda mamlakatda kasallanganlar soni 422 mingdan oshib ketdi, infeksiyadan vafot etganlar soni 24,3 mingni tashkil qilmoqda.

Kiritildi: 10:56 21.09.2020. O'qildi: 6130 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!