Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘gay singlisidan so‘ng Kim Kardashyan ham koronavirusga qarshi kurashga 1 million dollar xayriya qildi

O‘gay singlisidan so‘ng Kim Kardashyan ham koronavirusga qarshi kurashga 1 million dollar xayriya qildi

Amerikalik model, aktrisa Kim Kardashyan koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashga o‘z hissasini qo‘shishga qaror qildi. 39 yoshli yulduzga qarashli SKIMS kiyim brendi koronavirus tufayli murakkab vaziyatda qolganlar uchun 1 million dollar xayriya qildi, deb yozadi Cosmopolitan.

«Koronavirusdan zarar ko‘rgan oilalar, ona va bolalarni shunday murakkab davrda qo‘llab-quvvatlash uchun SKIMS tomonidan million dollar ajratilishini faxr bilan ma’lum qilaman», — deb yozgan Kim.

SKIMS 30 martdan yangi kolleksiyani sotuvga chiqaradi. Kanye Uestning turmush o‘rtog‘i hisoblangan Kim savdolardan olingan daromad foizlarini ham nochorlarga yordam sifatida sarflashni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Kim Kardashyanning o‘gay singlisi Kayli Jenner ham koronavirus pandemiyasi bilan kurashayotgan tibbiyot xodimlariga himoya kiyimlari va niqoblar sotib olish uchun bir million dollar ajratgandi.

 

Kiritildi: 04:00 01.04.2020. O'qildi: 2054 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!