"PSJ" UEFA Superkubogi uchun bahsda "Tottenxem"ni mag‘lub etdi - 2:2, penaltilar seriyasida - 4:3. O‘yin Italiyaning Udine shahridagi stadionda bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning 39-daqiqasida ingliz jamoasi himoyachisi Miki van de Ven hisobni ochdi. 48-daqiqada Kristian Romero farqni oshirdi O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 5 daqiqa qolganida Kan In Li parijliklarning bitta golini kiritgan bo‘lsa, uning jamoadoshi Gonsalu Ramush 90+4-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Penaltilar seriyasida Fransiya klubi aniqroq bo‘ldi.
"PSJ" 2025 yilgi UYEFA Superkubogida Chempionlar Ligasi-2024/25 g‘olibi sifatida ishtirok etdi, "Tottenxem" esa o‘tgan mavsumda Yevropa Ligasi g‘olibi sifatida o‘yinning ikkinchi ishtirokchisiga aylandi.
Parijliklar o‘z tarixida ilk bor UYEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi. 1996 yilda "PSJ" "Yuventus"ga (2:9) yutqazib, sovrinni qo‘lga kirita olmagandi.