Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

UYEFA Superkubogi bahsi oldidan G‘azodagi urushga qarshi banner namoyish etildi (foto)

UYEFA Superkubogi bahsi oldidan G‘azodagi urushga qarshi banner namoyish etildi (foto)

Parijning “PSJ” va Londonning “Tottenhem” klublari o‘rtasidagi UYEFA Superkubogi doirasidagi uchrashuv oldidan Udine (Italiya) shahridagi “Blueenergy” stadionida “Bolalarni o‘ldirmang. Fuqarolarni o‘ldirmang” yozuvi tushirilgan banner ochildi.

UYEFA bu tashabbusni 41 yoshli sobiq futbolchi, “Falastin Pelesi” nomi bilan tanilgan Sulaymon al-Ubayd G‘azo sektorining janubida gumanitar yordam kutayotgan odamlarga qilingan hujum chog‘ida halok bo‘lgani ortidan bildirilgan keskin tanqidlardan so‘ng amalga oshirdi. “Xabar aniq va ravshan. Bu banner — bu chaqiriq”, — deya yozdi UYEFA o‘zining X (sobiq Twitter) sahifasida.

BMT ma’lumotiga ko‘ra, 13 avgust tongidan beri Isroil hujumlari oqibatida G‘azo sektorida kamida 100 kishi halok bo‘lgan. Isroilning G‘azodagi sog‘liqni saqlash tizimini nishonga olishi, tibbiyot xodimlarini o‘ldirishi va ularni ochlikka mahkum qilishi “tibbiyot qirg‘ini” sifatida baholanmoqda.

G‘azo hukumati matbuot xizmati ochlikdan vafot etganlar soni 235 nafarga yetganini, shundan 106 nafari bolalar ekanini ma’lum qildi. Ularning ta’kidlashicha, hududdagi gumanitar inqiroz “falokat darajasi”ga yetgan.

G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil 7-oktyabrdan buyon Isroilning urushi natijasida 61 599 falastinlik halok bo‘lgan, 154 088 kishi yaralangan.

Kiritildi: 18:57 14.08.2025. O'qildi: 936 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!