Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

UYEFA Konferensiyalar Ligasi. Shomurodov golli uzatma bergan o‘yinda «Istanbul Bashakshehir» durang orqali keyingi bosqichga chiqdi

UYEFA Konferensiyalar Ligasi. Shomurodov golli uzatma bergan o‘yinda «Istanbul Bashakshehir» durang orqali keyingi bosqichga chiqdi

UYEFA Konferensiyalar Ligasi 2025/2026 yilgi mavsumi uchinchi saralash bosqichi javob bahslaridan ilk o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» klubi o‘z maydonida Norvegiyaning «Viking» jamoasini qabul qilib, durangga imzo chekdi.

Eldor Shomurodov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi. 34-daqiqada mehmonlar hisobni ochishgan bo‘lsa, oradan 6 daqiqa o‘tib istanbulliklar muvozanatni tiklashdi. Zelke tomonidan urilgan golga hamyurtimiz assistentlik qildi.

Shomurodov 83-daqiqada zaxiraga olindi. «Istanbul Bashakshehir» birinchi o‘yinda qo‘lga kiritilgan g‘alaba evaziga keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Konferensiyalar Ligasi. 3-saralash bosqichi. Javob bahsi

«Istanbul Bashakshehir» (Turkiya) — «Viking» (Norvegiya) — 1:1 (birinchi o‘yin — 3:1).
Gollar: 0:1 Bulut — 34', 1:1 Zelke — 40'

Kiritildi: 23:28 13.08.2025. O'qildi: 833 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!