Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Uchastka saylov komissiyalari binolari qanday jihozlanishi kerak?

Uchastka saylov komissiyalari binolari qanday jihozlanishi kerak?

Uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolar tegishli tarzda jihozlanishi va quyidagilarga ega bo‘lishi kerak:

* Davlat bayrog‘i (binoning ustida va ichida);

* Davlat gerbi (binoning ichida);

* saylov uchastkasining tartib raqami ko‘rsatilgan peshlavha;

* yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalari;

* zarurat bo‘lsa, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinalari;

* kuzatuvchilar uchun alohida joylar;

* saylov sanasiga bag‘ishlangan plakatlar;

* saylov uchastkasining xaritasi;

* uchastka saylov komissiyasi a’zolarining tarkibi, ish rejasi, navbatchiliklar jadvali haqidagi axborot;

* saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga taalluqli ma’lumotlar joylashtiriladigan maxsus stend;

* barcha ro‘yxatga olingan nomzodlarning MSK, viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan nashr qilingan tarjimai holi va dasturi;

* zarur mebel, ofis texnika vositalari (telefon, printer, Internet jahon axborot tarmog‘iga ulangan va Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimiga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan kompyuterlar, seyf, kanselyariya tovarlari);

* yong‘inga qarshi vositalar.

Ovoz berish xonalari yorug‘ va keng bo‘lishi, alohida kirish va chiqish joyi bo‘lishi, shuningdek ularda jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun nishab yo‘lkalar nazarda tutilgan bo‘lishi lozim.

Kiritildi: 18:55 17.10.2019. O'qildi: 3450 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!