Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Uch viloyat hokimliklari va IIBlariga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

Uch viloyat hokimliklari va IIBlariga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Qashqadaryo, Surxondaryo va  Xorazm viloyat hokimliklari tomonidan hududlardagi IIBlarga paxta chigitining boshqa viloyatlarga olib chiqilishini taqiqlash bo‘yicha og‘zaki topshiriq berilgani o‘rganib chiqildi.

Qo‘mita matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, birja savdolarida respublikaning barcha hududlaridagi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ushbu chigit mahsulotini sotib olishlari mumkinligi qonunchilik bilan belgilangan bo‘lsa-da hokimliklar chigitni faqatgina ushbu hududdagi ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotib olinishi va ushbu hududdan olib chiqib ketmasdan ishlatishi bo‘yicha ko‘rsatma berilmoqda.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan barcha viloyatlar hokimliklariga hamda Ichki ishlar vazirligi va vazirlikning viloyat boshqarmalariga bunday harakatlarni sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yuzasidan murojaat qilindi.

Shuningdek, bugungi kunda qo‘mita tomonidan yuqorida tilga olingan viloyatlar hokimliklari hamda Ichki ishlar boshqarmalariga nisbatan tegishli ish qo‘zg‘atgan.

Kiritildi: 15:34 29.11.2020. O'qildi: 7365 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!