Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

U-20 Jahon chempionatida finalchilar aniq bo‘ldi

U-20 Jahon chempionatida finalchilar aniq bo‘ldi

Chilida o‘tayotgan 2025 yilgi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida finalchi jamoalar nomi aniq bo‘ldi. Hal qiluvchi bahsda Marokash va Argentina yoshlar terma jamoalari to‘qnash keladi.

Marokash – Fransiya 1:1 (penaltilarda 5:4)
15 oktyabr kuni Valparaisodagi “Elias Figeroa” stadionida o‘tgan yarim finalda Marokash Fransiyani dramatik tarzda mag‘lub etdi. Uchrashuvning 32-daqiqasida fransuz darvozaboni Lisandru Olmeta o‘z darvozasiga to‘p kiritib yubordi. 59-daqiqada Lyuka Mishal hisobni tenglashtirdi. Qo‘shimcha bo‘limlarda fransiyalik Rabbi Nzingula ikkinchi sariq kartochkani olib maydondan chetlatildi. Penaltilar seriyasida esa marokashliklar aniqroq harakat qilib, 5:4 hisobi bilan g‘alaba qozondi. G‘alaba to‘pini Nena Biyar kiritdi.

Argentina – Kolumbiya 1:0
16 oktyabr kuni “Xulio Martines Pradanos” stadionida bo‘lib o‘tgan ikkinchi yarim finalda Argentina Kolumbiya ustidan 1:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuv taqdirini 72-daqiqada Mateo Silvettining goli hal qildi. 79-daqiqada kolumbiyalik Jon Arias qizil kartochka olib, kolumbiyaliklarni kamchilikda qoldirdi.

Final:
Argentina U-20 – Marokash U-20
20 oktyabr kuni soat 04:00 da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati 27 sentyabrdan 20 oktyabrgacha Chilida o‘tmoqda. 2023 yilgi musobaqada g‘oliblikni Urugvay qo‘lga kiritgan edi, ular finalda Italiyani 1:0 hisobida yenggan.

Kiritildi: 09:20 16.10.2025. O'qildi: 931 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!