2026 yilgi U-17 Osiyo kubogining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi.
Saudiya Arabistoni mezbonligida o‘tadigan Osiyo kubogida 16 jamoa g‘oliblik uchun bahs olib boradi. Mazkur musobaqa o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati yo‘llanmasini taqdim etishi bilan ham ahamiyatli.
Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi bor o‘tkazilgan Osiyo kubogida O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritgandi. Finalda Islom Ismoilov shogirdlari ikki kishi kam bo‘lib, mezbon Saudiya Arabistonidan 2:0 hisobida ustun kelgan.
Musobaqada Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya bronza medallariga ega chiqqan.