O‘tgan yil davomida boyligi qariyb 120 milliard dollarga oshgan amerikalik biznesmen Ilon Mask o‘z rekordini yangiladi va yana Bloomberg talqini bo‘yicha dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, bir kun oldin uning boyligi tarixiy maksimal 347,8 milliard dollarga etgan. Biznesmenning eng yaqin ta’qibchisi, Amazon asoschisi Jeff Bezosning boyligi 219 milliard dollarni tashkil qiladi.
Bloombergning qayd etishicha, Maskning boyligi Donald Tramp AQSh prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan keyin ham o‘sishda davom etgan. Mask Respublikachilar nomzodini omma oldida qo‘llab-quvvatlagan sanoqli yirik tadbirkorlardan biri edi.