Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Turkmaniston Xitoyga gaz yetkazib bermoqchi. Gaz quvuri O‘zbekiston orqali o‘tishi mumkin

Turkmaniston Xitoyga gaz yetkazib bermoqchi. Gaz quvuri O‘zbekiston orqali o‘tishi mumkin

Turkmaniston chet elga gaz yetkazib berish hajmini ko‘paytirmoqchi. Shuningdek, XXR Turkmaniston gaz eksport qiladigan mamlakatlar qatoridan joy oldi, deb yozadi mahalliy OAV.

Ushbu masalani turkman xalqining yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Xitoy Xalq Respublikasining elchisi Syan Naychen muhokama qildilar. Muzokaralar Xitoyning Turkmanistondagi yangi tayinlangan elchisi tomonidan davlat rahbariga ishonch yorliqlarini topshirish paytida bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar Turkmaniston-Xitoy o‘zaro munosabatlarining bir nechta mavzulariga to‘xtalib o‘tdilar, ammo asosiysi "gaz" mavzusi edi. Turkmaniston rahbari Turkmanistondan Xitoygacha O‘zbekiston va Qozog‘iston hududlari orqali o‘tadigan transmilliy gaz quvuri qurish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihani amalga oshirish muhimligini ta’kidladi. Milliardlab kubometr gaz yetkazib beruvchisi mamlakatning sharqida joylashgan yirik turkman koni – "Malay" gaz qazib olish konidir.

Ushbu gaz quvuri ikkinchi o‘n yillikda ishlayotganiga qaramay, mamlakat qazib olinadigan gaz hajmini oshirishda davom etmoqda. Yaqinda "Malay" gaz kompressor qurilmasi ishga tushirildi. U yiliga 30 milliard kubometr gaz chiqarishi mumkin. Bunday imkoniyat Turkmanistonga gaz eksportini ikki baravar oshirish imkoniyatini beradi. 

Kiritildi: 17:03 18.01.2021. O'qildi: 3115 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!