Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Turkmaniston va Qirg‘iziston o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblarda dollardan voz kechish taklif etildi

Turkmaniston va Qirg‘iziston o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblarda dollardan voz kechish taklif etildi

Turkmaniston Sanoatchilar va tadbirkorlar uyushmasi (TSTU) rahbari Aleksandr Dadayev hamkorlik bo‘yicha turkman-qirg‘iz hukumatlararo komissiyasining majlisida Qirg‘izistonga murojaat qilib, o‘zaro hisob-kitoblarda dollardan voz kechishga chaqirdi. Bu haqda Qirg‘izistondagi mahalliy OAV ma’lum qildi.

Bishkekda 16 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisda chiqish qilgan Dadayev hisob-kitoblarni turkman manati va qirg‘iz somida amalga oshirishni taklif qildi. TSTU rahbarining ta’kidlashicha, uning mamlakati bozor munosabatlariga o‘tmoqda.

“Agar xususiy biznes 2008 yilga qadar 1% bo‘lgan bo‘lsa, hozir 64%ga yetdi. Bu bizning prezidentimiz olib borayotgan siyosat tufaylidir”, deya bayonot berdi Dadayev.

Milliy valyuta bo‘lmish som erkin konvertasiya qilinadigan Qirg‘izistondan farqli ravishda Turkmanistonda milliy valyuta bo‘lmish manatning kursi davlat tomonidan muvofiqlashtiriladi. Turkmanistonda AQSh dollarining rasmiy kursi 2015 yildan beri 3,5 manat bo‘lib kelmoqda.

Kiritildi: 13:45 19.09.2019. O'qildi: 1698 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!