Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Turkiyaga elektron sigaret va chilimlar olib kirish taqiqlandi

Turkiyaga elektron sigaret va chilimlar olib kirish taqiqlandi

Avvalroq AQSh kasalliklar profilaktikasi va nazorat markazi elektron sigaret chekuvchilar orasida o‘pka va respirator kasalliklariga chalinish ko‘payib borayotganligini bildirgandi.

Turkiya hukumati elektron sigaret, elektron chilimlar, ularning tarkibiy qismlari va aralashmalarini olib kirishni taqiqladi. Bu haqda mamlakat savdo vaziri Ruxsor Pekjan ma’lum qildi.

"Bugun prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tomonidan imzolangan elektron sigaret, elektron chilimlar, ularning tarkibiy qismlari va aralashmalarini olib kirishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun rasman e’lon qilindi", - deb yozdi u o‘zining Twitter sahifasida.

Vazir elektron sigaretlarning salomatlik uchun xavfli ekanligini ta’kidlab o‘tgan.

Avvalroq AQSh kasalliklar profilaktikasi va nazorat markazi elektron sigaret chekuvchilar orasida o‘pka va respirator kasalliklariga chalinish ko‘payib borayotganligini bildirgandi.

Kasalliklarning ehtimoliy sababi YE vitamini va moy aralashmasi deb aytilmoqda. 

Kanadada ham elektron sigaret chekuvchi o‘smirda nafas olish yo‘llarining jiddiy zararlanishi aniqlangandi.

Manba: kun. uz

Kiritildi: 20:14 25.02.2020. O'qildi: 1536 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!