Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Turkiya va Xitoy investorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Turkiya va Xitoy investorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev mamlakatimizga kelgan Turkiya hamda Xitoy Xalq Respublikasi ishbilarmonlarini qabul qildi.

Viloyat hokimi Turkiya davlatining “Esan Eczacıbası Endüstriyel Hammaddeler San. ve Tic.A.Ş” kompaniyasi bosh direktori Emre Kayishoglu bilan uchrashuvda turkiyalik investor bilan “Uchquloch” polimetall konini kompleks o‘zlashtirish loyihasini amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Ergash Saliyev Xitoy Xalq Respublikasining Tianjin Chengxuancheng rahbarligidagi “Automobile Market Managmanet Co.,Ltd” kompaniyasi vakillari bilan Jizzaxda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar uchun ehtiyot qismlar hamda eng so‘nggi rusumdagi zamonaviy mebel ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldi.

Muloqotlarda viloyat hokimi turkiyalik va xitoylik ishbilarmonlar bilan viloyatda yangi loyihalarni amalga oshirish ikki tomonga ham manfaatli ekanini alohida ta’kidladi.

Kiritildi: 05:58 25.05.2024. O'qildi: 869 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!