Rossiya-Ukraina urushini tugatish bo‘yicha muzokaralar muayyan qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan estoniyalik hamkasbi Markus Saxkna bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
U Rossiya va Ukraina o‘rtasida adolatli va mustahkam tinchlik o‘rnatilishi muhimligini ta’kidladi.
"Urushni tugatish bo‘yicha muzokaralar muayyan qiyinchiliklarga duch kelmoqda, ammo ular diplomatik yechim izlashga hech qachon to‘sqinlik qilmasligi kerak. Turkiya muzokaralarga yordam berishda davom etadi", - dedi Fidan.