Turkiya joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida Rossiyaga mandarin yetkazib berishni 20 foizga qisqartirdi.
Bu haqda RIA Novosti Turkiya davlat xizmati ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.
Shunday qilib, ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Turkiyadan mandarin yetkazib berish 161,3 ming tonnagacha kamaydi (o‘tgan yildagi 202,3 ming tonnadan).
Iyundan sentyabrgacha hech qanday ta’minot bo‘lmaganligi haqida alohida aytiladi.