Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Turkiya Rossiyadan yana S-400 zenit-raketa majmuasi sotib olmoqchi

Turkiya Rossiyadan yana S-400 zenit-raketa majmuasi sotib olmoqchi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmuasining ikkinchi partiyasini sotib olish rejalashtirilganini ma’lum qildi. «Kelgusida qaysi davlatdan qandan tizimni sotib olishimizga hech kim aralasha olmaydi», – dedi u Amerikaning CBS telekanaliga bergan intervyusida.

Anqaraning ushbu qarori Turkiya va AQSh o‘rtasidani keskinlikni kuchaytirishi hamda Vashingtonning Anqaraga qarshi yangi saksiyalar joriy etishiga sabab bo‘lishi mumkin.

AQShning fikricha, S-400 tizimi F-35 qiruvchi samolyotlari va NATOning boshqa mudofaa tizimlariga xavf soladi. Turkiya esa NATO a’zolarining birortasidan maqbul vaqtda havo mudofaa tizimini sotib ololmayotganini aytmoqda.

Anqara Rossiyadan S-400 tizimini sotib olgani uchun AQSh Turkiyaning Mudofaa sanoati boshqarmasi rahbarlariga qarshi sanksiyalar joriy qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya va Rossiya 2017 yilda S-400 bo‘yicha 2,5 milliard dollarlik shartnoma imzolagan edi. Tizimni Turkiyaga yetkazib berish 2019 yilda boshlandi.

Kiritildi: 15:38 27.09.2021. O'qildi: 2097 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!