Ukrainadagi mojaroni hal qilish jarayonida tarixiy lahza keldi, dedi Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on.
Bu haqda u Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqotida aytib o‘tdi.
"Uchrashuvda Prezident Erdo‘g‘on Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi mojaroni to‘xtatish yo‘lidagi tarixiy bosqichga erishilganini aytdi," - deb yozadi TRT Haber.
Shuningdek, u bu imkoniyatdan foydalanish kerakligini ta’kidlab, Turkiya Ukrainada tinchlikni ta’minlash uchun har qanday hissa qo‘shishga tayyorligini bildirdi.