Bugun 13 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Turkiya prezidenti AQSh Davlat kotibini qabul qildi

Turkiya prezidenti AQSh Davlat kotibini qabul qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenni qabul qildi.

Bu haqda "Anadolu" agentligi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, prezident va davlat kotibining uchrashuvi Esenbo‘g‘a aeroportida bo‘lib o‘tgan va matbuotga yopiq tarzda o‘tgan.

Yig‘ilishda, shuningdek, Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Prezident ma’muriyatining kommunikasiyalar bo‘yicha direktori Fahrettin Altun, Prezident ma’muriyati rahbari va elchi Hasan Do‘g‘an, Prezidentning tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Akif Chag‘atay Kilich ham ishtirok etdi.

Kiritildi: Bugun 09:01. O'qildi: 261 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!