Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Turkiya Oliy saylov kengashi O‘zbekiston hukumatiga minnatdorchilik bildirdi

Turkiya Oliy saylov kengashi O‘zbekiston hukumatiga minnatdorchilik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi taklifiga binoan, Turkiya Oliy saylov kengashi delegasiyasi mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovini kuzatish maqsadida yurtimizga tashrif buyurdi.

20 oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayevning Turkiya Oliy saylov kengashi raisi Muxarrem Akkaya va Oliy saylov kengashi a’zosi Kurshat Xamurju bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muxarrem Akkaya MSK va O‘zbekiston hukumatiga minnatdorchilik bildirdi va O‘zbekiston demokratik taraqqiyotida bo‘lajak saylovlar muhim ahamiyatga egaligini ta’kidladi.

Zayniddin Nizamxodjayev Prezident sayloviga tayyorgarlik ishlari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Qonunchilikka kiritilgan tegishli o‘zgarishlar, saylovlarning ochiq va shaffof o‘tkazish borasida qilingan ishlar, shuningdek, muddatidan oldin ovoz berish masalalari tilga olindi.

Turkiyada O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ko‘pchilikni tashkil etishi hisobga olinib, O‘zbekiston Respublikasining Anqara shahridagi elchixonasida 43-saylov uchastkasi va Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasida 44- saylov uchastkasi tashkil etilgan.

Kiritildi: 02:38 21.10.2021. O'qildi: 2009 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!