Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Turkiya havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi

Turkiya havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi

Turkiya S-400 va Patriot tizimiga muqobil bo‘lgan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi, deya ma’lum qildi Respublika mudofaa sanoati boshqarmasi rahbari Ismail Demir.

O‘tgan yil dekabr oyida Demir Turkiya tomonidan ishlab chiqilayotgan Siper havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi xarakteristikasi bo‘yicha S-400 zenit-raketa kompleksidan o‘tishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Turkiyaning Sabah gazetasi esa Siper Rossiyaning S-400 va AQShning Patriot havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlariga muqobil ravishda ishlab chiqilayotganini yozgan edi.

"Yosh muhandislarimizning Siper havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini qutlaymiz. A’lo darajada amalga oshirilgan ish. Biz siz bilan kelajagimizni birgalikda quramiz", - deb yozdi Demir ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Kiritildi: 11:24 30.05.2022. O'qildi: 3369 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!