Bugun 13 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Turkiya harbiy samolyoti Gruziya chegarasi yaqinida halokatga uchradi (video)

Turkiya harbiy samolyoti Gruziya chegarasi yaqinida halokatga uchradi (video)

Kecha Turkiya harbiy samolyoti Gruziya chegarasidan taxminan besh kilometr uzoqlikda joylashgan Sig‘nagi munisipalitetida halokatga uchradi. Bu haqda Gruziya OAVlari mamlakat ichki ishlar vazirligi bayonotiga tayanib xabar berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Ozarbayjondan Turkiyaga uchayotgan bo‘lgan.

"Hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 275-moddasi 4-qismi (parvoz xavfsizligi yoki havo transportidan foydalanish qoidalarini buzish, ehtiyosizlik oqibatida odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa) bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Ichki ishlar vazirligi voqea yuzasidan bosqichma-bosqich jamoatchilikka batafsil ma’lumot beradi", - deyiladi xabarda.

Gruziya ichki ishlar vaziri Gela Geladze Ozarbayjon chegarasi yaqinida Turkiya harbiy-havo kuchlariga qarashli harbiy-transport samolyoti halokatga uchragan joyga yetib keldi.

Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya halokat haqida ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qildi.

Turkiya vaziri gruziyalik hamkasbi bilan telefon orqali gaplashganini qayd etdi. "Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Men Gruziya ichki ishlar vaziri Gela Geladze bilan telefon orqali bog‘landim. Vazir ham voqea joyiga kelgan", - deya ta’kidladi u ijtimoiy tarmoqda.

Kiritildi: 08:15 12.11.2025. O'qildi: 887 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!