Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Pandemiya: Turk lirasi jiddiy inflasiyaga uchramoqda

Pandemiya: Turk lirasi jiddiy inflasiyaga uchramoqda

6 avgust kuni Turk lirasining qiymati yanada tushib ketdi. Hozirda lira qulashda davom etar ekan va inflasiya oshib borar ekan Turkiya iqtisodiyotining kelajagi qanday bo‘lishi mavhumligicha qolmoqda.

Koronavirus pandemiyasi tufayli tashqi investisiya va sayyohlarning yo‘qligidan aziyat chekayotgan Turkiya fuqarolari iqtisodiy turg‘unlikni boshdan o‘tkazishmoqda. Iyulda bir AQSh dollari 6.80 turk lirasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, lira ikki hafta ichida o‘zining eng qadrsiz holiga keldi va avgustning birinchi haftasida 1 AQSh dollari 7.20 liraga baholandi.

Iqtisodchi Mustafo Sonmezning so‘zlariga ko‘ra, ushbu iqtisodiy turg‘unlik dastlab 2018 yilda boshlangan. Keyin esa koronavirus pandemiyasi va Turkiya iqtisodiyotining eng katta qismlaridan biri bo‘lgan turizm sohasi to‘xtab qoldi.

“Hukumatning Markaziy bankida yetarlicha valyuta mavjud emas. Chunki Turkiyaning eksporti va turizmi pandemiya davrida keskin pasaydi” deydi Sonmez.

Sonmezning aytishicha, Markaziy bankda mablag‘ning yetishmasligi investorlarning Turkiyaga kelishdan qaytarayotgan asosiy omildir. Chunki, bunday holatda investorlar sarflagan pullarini qaytarib ololmasligi, foyda ko‘rmasligi mumkin.

“Narxlar oshib bormoqda. Bunga sabab ko‘plab mahsulotlarning chetdan olib kelinishidir. Shuning uchun lira qadrsizlanishi iste’molchilar uchun inflyasiya sifatida keladi” deydi Sonmez.

Ushbu qo‘rquvlarga qaramay Markaziy Bank boshlig‘i Murat Uysal shunga ishonch bildiryaptiki, mamlakatdagi yilning birinchi yarmidagi kamchiliklarga qaramay ikkinchi yarim yillikda koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuz bersa ham holat yaxshilanadi.

“Global iqtisodiyotdagi mavhumliklarni inobatga olsak ham koronavirusning ikkinchi to‘lqini birinchisichalik iqtisodiyotni cheklamaydi” degan Uysel.

Kiritildi: 21:24 09.08.2020. O'qildi: 3851 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!