Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Tun kulgisi!.. (24-qism)

Tun kulgisi!.. (24-qism)

Ofisda rahbarning haydovchisi zerikkanidan kompyutyerda «mashinalar poygasi»ni o‘ynab o‘tirardi. Rahbar chiqib kelib uning o‘yinini tomosha qilgan bo‘ldi-da, dedi:

— Agar meni ham shunday pala-partish mashina haydab olib yuradigan bo‘lsang, allaqachon seni ishdan haydagan bo‘lardim!

Haydovchi:

— Mening manavi kompyuterdagidek shaxsiy «BMV»im bo‘lganida, hayotda sizga haydovchi bo‘lib ishga yollanmagan bo‘lardim.

* * *

Ofisga qo‘ng‘iroq qilishdi.

— Yaxshi qiz, faksni qabul qilib oling!

— To‘xtang, oldin ruchkamni topib olay!

* * *

Birinchi sinfga borgan bolakay bog‘chaning ±nidan o‘tib keta±tib, o‘ynab yurgan bolalarga yaqinlashdi-da, dedi:

— Eh, jon deb sizlarga qo‘shilardim-u, ma’lumot qurg‘ur yo‘l qo‘ymaydi-da!

Kiritildi: 23:00 29.10.2020. O'qildi: 2606 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!